IT-PARK JIZZAX FILIALI FAOLIYATINI BOSHLAYDI!
Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusi O‘zbekiston yoshlarini kelajak tili bilan ta`minlaydi
«mGovAward» O‘zbekiston universitetlari talabalarining innovatsion potentsialidan foydalangan holda ishlab chiqilgan davlat xizmatlarining eng yaxshi va samarali mobil ilovasi uchun mo‘ljallangan.
O'zbekistonda birinchi bor kiber musobaqalarni o'tkazish va turnirlarni tashkil etish.
IT Park – bu IT-kompaniyalar uchun istiqbolli boshlangʻich loyihalarni, tashqi iqtisodiy zonani, shu jumladan ilmiy va taʼlim tashkilotlari bilan integratsiyalashgan holda ishga tushirish va bozorga chiqarishni taʼminlash uchun moʻljallangan obyektlar, bino va inshootlar majmuasi. IT sohasida faol va iqtidorli insonlar buxgalteriya hisobi, yuridik, marketing va taʼlim orqali oʻz gʻoyalarini haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻladigan joy.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 30 sentyabrdan 2 oktabrgacha bo‘lgan Hindiston Respublikasiga birinchi tashrifi chog‘ida o‘zbek va hind tomonlari IT-sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar. Oʻzbekiston tomoni Hindistonning axborot va texnologiya kompaniyalari bilan birgalikda dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, startaplarni jadallashtirish boʻyicha ilgʻor tajribalari asosida Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari parkini yaratishga qiziqish bildirdi. Shunday qilib, taʼkidlash mumkinki, IT-park Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan startap-ekotizim va startap-loyihalarni takomillashtirish va ularni mamlakatimizda amalga oshirish uchun yaratilgan.
2019-yil 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IT Parkda boʻlib, yangi bosqich qurilishi uchun ilk ramziy toshni qoʻydi. “Iqtisodiyotimizning barqarorligi, barcha sohalarning sifatli va samarali ishlashi, aholi hayotining qulayligi axborot texnologiyalariga bogʻliq. Shuning uchun ushbu soha uchun yanada keng imkoniyatlarni, zarur infratuzilmani yaratish, mutaxassislarni ragʻbatlantirish, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalash kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
It-parkning Jizzax filiali ochilishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar IT Park rezidenti maqomga, shuningdek soliq toʻlashdan ozod qilinib, bir qator imtiyozlarga ega boʻlishadi.
Biz IT sohasidagi global bozorga yoʻnaltirilgan startap loyihalarini qidirmoqdamiz. Agar siz yuqoridagi taʼriflarga mos kelsangiz, unda tadbirkorga oʻz kompaniyasini yaratish va boshqarish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni egallash uchun uch oylik dasturimizga qoʻshiling.
BATAFSILCopyright © 2020 #include Inc.